Poytaxtimizdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida O’zbekiston-Pokiston biznes-forumi bo’lib o’tmoqda. Forum ishida viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev boshchiligidagi Farg’ona delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo’lib turgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida forumga tashrif buyurdi.
Viloyat Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi hamda viloyatimizda faoliyat olib borayotgan 10 ta korxona pokistonlik ishbilarmonlar bilan tekstil uchun bo’yoqlar va tayyor charm mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek quritilgan meva-sabzavotlarni eksport qilish yo’nalishlarida kelishuv va shartnomalar imzoladilar. Hozirda muzokaralar davom etmoqda.

