2025-yil 4-noyabr kuni Farg’ona viloyat Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Quva tumani 13-BMSM Tasviriy va amaliy san’at bo’limi o’qituvchisi Abdullajonova Ruxsoraxonning 5-sinflarga rangtasvir fanidan «Milliy uslubdagi notyurmort» mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi. Unga Farg’ona viloyati BMSMlarning 23nafar o’qituvchisi tashrif buyurdi. Ochiq dars uyga berilgan vazifalarni tekshirishdan boshlandi. Bunda barcha o’quvchilar kuzgi notyurmortlarni guash va akvarel bo’yoqlari yordamida mustaqil chizib kelishgan ekan. O’qituvchi barcha o’quvchilarni ishlarini ko’rib kamchilik va yutuqlarini aytib o’tdi. So’ng savol javob usulida o’quvchilar bilimini tekshirib oldi. Darsni asosiy qismiga o’tildi. O’tgan darsda boshlangan notyurmort rang berish jarayoni bilan davom ettirildi. Rang berish ketma ketligini o’qituvchi yana qayta tushuntirdi. Tashrif buyurgan o’qituvchilar ham o’zlariga qiziq bo’lgan savollarni berishdi va munosib javoblarni olishdi.

Tilni tanlang »