Qo’shtepa tumanida ish bilan band bo’lmagan va pandemiya tufayli xorijdan qaytib kelib ishsiz qolgan yoshlarni doimiy ish o’rniga ega bo’lishlarini taminlash maqsadida yuritilgan “Yoshlar daftari”ga 4921 nafar yoshlar kiritilgan edi. O’tgan davr mobaynida ularning xohish va istaklari o’rganilib, zaruriy ko’maklar berilishi natijasida 3800 nafardan ziyod yoshlarning bandligi taminlanishiga erishildi.
Birgina 1-sektor hududida joylashgan Sherzodbek nomli fermer xo’jaligidan 3 gektardan ortiq yer maydoni ajratilib, “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 31 nafar yoshlarning har biriga 10 sotixdan bo’lib berildi.
Bunday imkoniyat va ko’makdan samarali foydalanayotgan “G’ishtmon” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Doston Rahmonov esa bugun o’ziga bepul tortiq etilgan motokultivatordan yaxshigina daromad qilish bilan birga hayriya ishlarini ham amalga oshirmoqda.
Shuningdek, “Qiyqi” mahala fuqarolar yig’ini “Archazor” ko’chasi, 245-uyda istiqomat qiluvchi Nozimjon Nishonov bankdan olingan 30 million so’mlik imtiyozli kredit evaziga uskunalar harid qilib, 4 nafar do’sti bilan birga mo’’jazgina stullar ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Endi o’z ishini yanada kengaytirish niyatida.
Tumandagi “Soybo’yi” mahallasi “Sahovat” ko’chasining 112-uyiga kirgan odamning esa havasi kelishi aniq. Boisi, 25 million so’mlik imtiyozli bank krediti bilan ish boshlagan Fazliddin Hojimatov issiqxonada pomidor yetishtirishni yo’lga qo’ygan va hosillar mo’l bo’ldi. Mahsulotni haridorlar uning uyidan o’zlari olib ketishmoqda.
Tumandagi “Karnaychi” mahalla fuqarolar yig’ini “Behizor” ko’chasi 67-uyda yashovchi Muhriddin Mahmudov ham berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, qurilish materiali ishlab chiqarishni boshlagan.
Zotan, o’z faoliyatlarini yanada kengaytirish, o’nlab tengdoshlari bandligini taminlash orqali xalq farovonligi, yurt taraqqiyotiga munosib ulush qo’shish istagi qo’shtepalik yoshlarning yagona maqsadiga aylagan.




