Fargʻona shahar Islom Karimov nomidagi sanʼat saroyida 2022-yil 21-mart kuni yasharish va yangilanish bayrami «Navroʻz bayrami» bo’lib o’tdi .
Bayram tadbirini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari ishtirok etdilar. “Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!” degan bosh g‘oya asosida o‘tgan sayllarda Xayrullo Bozorov har bir hudud va tashkilotning o‘ziga xos jihatlarini namoyon etgan ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirdi. Viloyat rahbari samimiy muloqotlarda bayram ishtirokchilarini yangilanish, yasharish ayyomi – Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Bayram tadbirida Quva tumani 13-BMSM o’qituvchi va o’quvchilari kuy va qo’shiqlari bilan faol ishtirok etdilar . Maktabning «Damli va zarbli cholgʻular» bo’limi «Sado» orkestr jamoasi keng jamoatchilik olqishlariga sazovor boʻldi va bayram davomida hamyurtlarimizga bayram kayfiyatini ulashdilar .

