Faoliyat
Buyurtmachi xizmatining faoliyati va vazifalari
Quyidagilar buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
qurilish ob’ektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlash;
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini ta’minlash, shaharsozlik to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
ob’ektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligini ta’minlash;
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo’yicha texnik nazorat olib borilishini ta’minlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda ob’ektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish;
sub’ektlarning shaharsozlik faoliyati sohasidagi o’zaro munosabatlari shaffofligini ta’minlash.