Fargʻona viloyati Quva tumani 13-BMSMda Navroʻz bayrami munosabati bilan konsert dasturi o’tkazildi. Konsert dasturida maktab o’qituvchi va o’quvchilari faol ishtirok etdilar. O’quvchilar tomonidan bahor va navro’z bayramini tarannum etuvchi she’r , kuy va qoʻshiqlar ijro etildi. Konsert dasturi tomoshabinlar va mehmonlar uchun manzur boʻldi.
