Xalq deputatlari viloyat kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo’yicha Jamoat komissiyasining Farg’ona viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash, davlat organlari va ular o’rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi. 

O’zbekiston Prezidentining 2021 yil 3 martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-5012-son qaroridan kelib chiqib, Farg’ona viloyatida ham Xalq deputatlari viloyat kengashi huzurida nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etildi hamda viloyat mahalliy byudjeti tomonidan fondga mablag’ ajratildi.

Bo’lib o’tgan yig’ilishda ushbu viloyat fondi tomonidan davlat granti ajratish bo’yicha e’lon qilingan birinchi va ikkinchi tanlovlar mavzulari va yo’nalishlari ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasiga taqdim qilindi. 

Yig’ilishda davlat granti mavzulari, yo’nalishlari ijtimoiy sheriklik bo’yicha jamoat komissiyasi tomonidan ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.

Tilni tanlang »