Fargʻona viloyati Quva tumani hokimligida 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi davlat konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yil to’lganligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi . Bayram tadbirini Quva tumani hokimi Halimjon Komilovich Umarov ochib berdi va konstitutsiyamizning hayotimizda o’rni , aholi o’rtasida huquqiy savodxonligni keng targʻib etish masalalari boʻyicha nutq so’zladi va hamyurtlarimizni bayram bilan tabrikladi . Bayram tadbirida Quva tumani 13-BMSM o’qituvchi va o’quvchilari kuy va qo’shiqlari bilan faol ishtirok etdilar . Bayram tadbiri ko’tarinki kayfiyatda va vatanparvarlik ruhida bo’lib o’tdi.






